Toshkent bekatlaridan birida telefon quvvatlagichlari paydo bo`ldi

21:31, 18 aprel

Oybek metro stansiyasi yaqinidagi avtobus bekatida mobil uskunalar uchun quvvatlovchi uskunalar o`rnatildi.

Endi avtobus kutayotgan istalgan yo`lovchi ushbu uskunalar yordamida o`zining gadjetini quvvatlash imkoniga ega bo`ldi. Noodatiy bekat suratlari bir zumda ijtimoiy trmoqlarda tarqaldi. 

Nuz.uz nashrining xabar berishicha, mazkur yangilik avtobus bekatlarining dizayni bilan shug`ullanuvchi JCDecaux UZ va «Bravo Pharma» kompaniyalarining hamkorligida joriy qilingan. 

Kelgusida bunday bekatlarni ko`paytirish rejalashtirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!