Mag`lubiyat alamidagi Neymar raqib futbolchini tarsaki bilan “siyladi” (Video)

21:58, 18 aprel

“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar “Valensiya”ga qarshi kechgan va “ko`rshapalarlar”ning 2:1 hisobida g`alabasi bilan yakunlangan o`yinida kutilmagan harakatni amalga oshirdi. 

Mag`lubiyat alamida bo`lgan braziliyalik futbolchi o`yin yakuniga etgach, g`alabani nishonlayotgan “Valensiya” futbolchilaridan birini, aniqrog`i, Antonio Barraganni tarsaki bilan “siyladi”. 

Endilikda futbolchi qilgan xurmacha qilig`i uchun diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Eslatib o`tamiz, “Barselona” so`nggi 13 yilda ketma-ket uch o`yinda mag`lubiyatga uchragani haqida xabar bergan edik. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!