Taqdirmi yoki tasodif? “Real” va “Barsa” triosining gollari soni bir xil

09:46, 19 aprel

Ispaniya chempionatining ikki super grandi “Barselona” va “Real” doimo azaliy raqib bo`lib kelgan. Ushbu jamoa hujumchilari ham doimo kimo`zarga raqobat qilishadi. 

E`tiborli tomoni shundaki, ikki klubning eng mahshur uch futbolchisi jami kiritgan gollari soni teng bo`lib chiqdi. Ya`ni, kataloniyaliklar hujumchilari Luis Suares 26, Lionel Messi 22, Neymar 21 ta, jami esa 69 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan. Xuddi shuncha golni madridliklar etakchilari Krishtianu Ronaldu (31 ta), Karim Benzema (22 ta) va Garet Beyl (16 ta) kiritgan. 

Eslatib o`tamiz, ayni damda “Barselona” 76 ochko bilan Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. “Real” 74 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!