Ierusalimda avtobus portladi, yaradorlar bor

10:14, 19 aprel

Ierusalimda dushanba kuni kechqurun avtobus portlashi oqibatida 21 kishi yarador bo`ldi, 2 kishi og`ir ahvolda, deb xabar berdi “Euronews.com” nashri. 

Isroil polisiyasi avtobus portlashiga unga o`rnatilgan portlovchi modda sabab bo`lganligini tasdiqladi. Portlovchi modda o`rnatilgan avtobusda odam bo`lmagan, ammo uning yonidagi, yo`lovchilari bo`lgan avtobus kuchli portlash oqibatida yonib ketgan, uning ichidagi odamlar turli darajadagi tan jarohatlari olgan. 

2000 yilning boshlarida falastinlik terrorchilar tomonidan “Ikkinchi intifada” deb atalgan, ya`ni avtobuslarga uyushtirilgan teraktlar Isroilda anchadan beri amalga oshirilmagan edi.

O`tgan yilning kuz oylaridan boshlab falastinliklarning isroilliklarga qarshi hujumi kuchaygan. Falastinliklar 1 oktyabrdan beri 270 marotaba tajovuz uyushtirgan, oqibatda 29 nafar isroillik va 4 nafar chet ellik fuqaro halok bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!