Erkak va ayol miyasi o`rtasidagi farq aniqlandi

11:02, 19 aprel

Surrey Universiteti biologlari miyaning uyqu va bedorlikka javob beruvchi sirkad maromining buzilishi erkaklardan ko`ra, ko`proq ayol miyasiga kuchli ta`sir qilishini, natijada mehnat samaradorligining tushib ketishini aniqlashdi, deb xabar beradi “Mail.ru” nashri.  

Bu asosan tunggi navbatchilikda qoluvchi hamshiralar, qo`riqlash va polisiya xizmati xodimlariga tegishli. Tadqiqot natijalari haqida Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida maqola chop etildi.   

Tadqiqotda 16 nafar erkak va 18 nafar ayol ishtirok etgan. Ular tabiiy yorug`lik va qorong`ilik tushmaydigan xonalarga joylashtirilgan. Natijada miyadagi uyqu va bedorlik siklida o`zgarishlar paydo bo`lgan. Bedorlikning har uch soatida ishtirokchilar berilgan vazifalarni bajarib, o`zlarining ahvoli haqida – uyqusizligi, kayfiyati, biror harakat uchun sarflagan kuchi haqida hisobot yozishgan. Ularning diqqati, motorikasi va xotirasi tekshirib borilgan. Ishtirokchilar uyquga ketgan paytda tadqiqotchilar ularning miya faoliyatini elektroensefalogramma yordamida yozib olishgan.  

Natijalar sutkalik siklning o`zgarishi erkaklardan ko`ra, ayollarning miyasiga kuchli ta`sir qilishini ko`rsatdi. Olimlarning fikricha, erkak va ayol miya faoliyatining o`rtasidagi farq har ikki jins vakili miyasining sub`ektiv va ob`ektiv ko`rsatkichlarini keng miqyosda o`rganish, neyrobiologik ilmiy tadqiqotlar o`tkazish uchun asos bo`la oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!