Mashhur futbolchilar va ularning rafiqalari (2-qism)

11:26, 19 aprel

Jahon futboli namoyondalarining rafiqa va ma`shuqalari bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz. Avvalgi sahifamizda e`tiboringizga Messi, Dibala, Pike singari mashhur futbolchilar oilalari haqida ma`lumot bergan edik. Bu safar sizlarni boshqa taniqli futbolchilar oilalari bilan tanishtiramiz. 

Zlatan Ibragimovich va Xelena Seger

Shvesiyaning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchisi Zlatan Ibragimovich o`zidan 11 yosh katta Xelena Seger bilan oila qurgan. Ularning ikki nafar o`g`li bor: 9 yoshli Maksimilian Ibragimovich va 8 yashar Vinsent Ibragimovich. 

Piter va Abigeyl Krauchlar

Angliya termasi sobiq hujumchisi, ayni damda “Stok Siti” klub sharafini himoya qilayotgan Piter Krauch hamyurti, fotomodel va teleboshlovchi Abigeyl Mari “Abbi” Klensiga uylanadi. Angliyalik fotomodel nikohdan so`ng turmush o`rtog`ining familiyasiga o`tib oladi. 

Xabi Alonso va Nagore Aramburu

“Real” sobiq a`zosi, hozirgi kunda “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Xabi Alonso 2009 yilda ispaniyalik aktrisa Nagore Aramburuga uylanadi. Ispaniyalik juftlik ikki qiz va bir o`g`ilni voyaga etkazmoqda. 

Kaka va Karolin Seliko

Braziliyalik mashhur futbolchi Kaka 2005 yilda braziliyalik xonanda, jamoatchi Karolin Seliko bilan tushmur quradi. Yillar davomida havasli oilalardan biri bo`lib kelgan Kaka va Seliko kutilmaganda 2015 yilda ajrashadi. Bir o`g`il va bir qizning ota-onasi o`z baxtini topmagan ekan. 

Iker Kasilyas va Sara Karbonero

Bir necha hafta oldin Ispaniya terma jamoasi va “Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas ispaniyalik jurnalist Sara Karboneroga xufyona tarzda uylangani haqida xabar bergandik. Ular 20 mart kuni rasman nikohdan o`tgan. Nikoh marosimi shov-shuvga aylanmasligi uchun unda atigi ikki guvoh va juftlikning o`g`li qatnashdi. Qayd etish kerak, Kasilyas va Karbonero 2009 yildan buyon birga yashab keladi. 

Rayan Giggz va Steysi Kuk

“Manchester Yunayted” klubi afsonasi, uelslik Rayan Giggz 2007 yilda Steysi Kuk bilan turmush quradi. Ushbu juftlik Liberti Byu Giggz ismli qizaloq va Zaxari Josef Giggz ismli bolakayning ota-onasi. 

Mario Gyotse va Ann-Katrin Brommel

2014-yilgi Jahon chempionatida Germaniya termasiga g`oliblikni olib kelgan kegan Mario Gyotse germaniyalik Ann-Katrin Brommel bilan ishqiy munosabatda bo`lib kelmoqda. Uning yori modellik bilan shug`ullanadi. Bo`sh vaqtlarida esa mashina haydashga qiziqadi. Afsuski, ushbu juftlikning turmush qurishi haqida hozircha darak yo`q. Balki bunga futbolchining “Bavariya”dagi omadsizligi sabab bo`layotgandir. So`nggi paytlarda Gyotse deyarli o`yin amaliyotiga ega bo`lmayapti. 

Mauro Ikardi va Vanda Nara 

“Inter” jamoasi hujumchisi, 22 yoshli argentinalik futbolchi Mauro Ikardi 28 yoshli model Vanda Nara bilan oila qurgan. E`tiborlisi, futbolchining xotini uning agenti hamdir. Vanda Nara erining transfer va shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarini o`zi olib boradi. Juftlik 2015 yilda farzandli bo`lgan. 

Darakchi.uz saytini kuzatishda davom eting. Maqolamizning keyingi qismida boshqa mashhur fubolchilar oilalari haqida ma`lumot beramiz. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!