Samsung “temir” smartfonlarning yangi seriyasini ishlab chiqaradi

11:38, 19 aprel

Samsung kompaniyasi may oyida Galaxy C brendi ostida yangi smartfonlar seriyasini namoyish etishi mumkin. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Yangi smartfonlar ingichka alyuminiydan ishlangan korpus bilan ta`minlanadi. Yangi C  seriyasi haqidagi ma`lumotlar ilk marta o`tgan oyda internet nashrlarida paydo bo`lgan edi.

Ma`lumotlarga ko`ra, yangi Samsung SM-C5000 smartfoni 5,2 dyuymli ekranga ega bo`ladi. Shuningdek, u 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 617  prosessoriga, Adreno 405 grafikasiga va 4 gegabaytli ichki xotiraga ega bo`ladi. Smartfon Android 6.0.1 tizimida ishlaydi. 

C5 smartfonidan tashqari yana bir C7 smartfoni ham sotuvga chiqariladi. Biroq mazkur smartfon haqida hozircha ma`lumotlar mavjud emas.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!