Toshkent hayvonot bog`ida noto`g`ri ovqatlantirilgan lama nobud bo`ldi

12:09, 19 aprel

Toshkent hayvonot bog`ida lamaning nobud bo`lgani haqida xabar berildi. Hayvonot bog`i ma`muriyati yana bir bor hayvonlarni o`zboshimchalik bilan ovqatlantirmaslikni so`rab, murojaat etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Yaqinda hayvonot bog`ida lama nobud bo`ldi. lamaning oshqozoni va ichaklarida polietilen, plastmassa idishlar qopqoqlari va boshqa eb bo`lmaydigan buyumlar topilgan.

“Hayvonot bog`ida jonivorni ovqatlantirishni istasangiz, iltimos, juda shirin, ammo sog`liqqa zarar keltiruvchi biror narsani so`rayotgan bolalarni eslang. Shuningdek, farzandingiz yutib yuborib, tiqilib qolmasligi uchun qand va pechene o`ralgan qog`ozni astoydil ochishingizni esga oling. Faqatgina o`z niyatingiz emas, bizning jonivorlarimiz haqida ham o`ylab ko`ring!», — deyiladi hayvonot bog`ining Facebook’dagi rasmiy sahifasida chop etilgan murojaatda.

Putra laqabli filcha yashaydigan maydonchaga kimdir xavfli ustarani tashlab ketgan. Uni o`z vaqtida hayvonot bog`i ishchilari payqagani sabab, o`z vaqtida xavfning oldi olindi.

Shalpangquloq echkining volerida atir qopqog`i topilgan. Ta`kidlanishicha, echki uni chaynashga uringan, ammo ishchilar bunga yo`l qo`ymagan. O`tgan yili esa Avral laqabli begemot o`smir tomonidan og`ziga tashlangan plastik idishni yutib yuborgandi. Vaqtida ko`rsatilgan tibbiy yordam tufayli u omon qolgandi. Bundan tashqari, bayonotda tuyaqushlarga ham plastik idish va karam o`zagi tashlangani esga olindi.

“Hayvonlarga emish bermaslik, ularni chalkashtirmaslik, ularga turli predmetlarni tashlamaslik borasidagi iltimos va ogohlantirishlarga qaramay, odamlar o`zlarini mas`uliyatsizlarcha tutib, qoidalarni buzishda davom etmoqda. Bunday tashrifchilarning aybi bilan hayvonot bog`ida jayronlar, tuyalar, lamalar, tuyaqushlar va boshqa jonivorlar nobud bo`ldi”, — deyiladi murojaatda.

Jonivorlarga popkorn, muzqaymoq, chipslar, shirin momiq va boshqa shirinliklar taklif etish qat`iyan man qilinadi. Oziq-ovqat qo`shimchalari — aromatizatorlar, oziq bo`yoqlari ularda allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin. Bu, o`z navbatida, jonivorlarning surunkali xastaliklarga yo`liqishiga zamin yaratadi.

“Hurmatli mehmonlar, iltimos, ishoning, hayvonot bog`ida jonivorlar och qolmaydi. Bizning jonivorlarimiz maxsus ishlab chiqilgan ovqatlanish rasionlari bo`yicha barcha zaruriy emish bilan kerakli miqdorda ta`minlanadi. Jonivorlaga emish bermang, ularning sog`lig`ini va hayotini asrab qoling!”, — deb xulosa qildi bog` vakillari.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!