O`zbekistonda muomaladagi plastik kartochkalar soni 17,1 milliondan oshdi

12:22, 19 aprel

Respublikada muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar umumiy soni bugungi kunga kelib 17,1 mln. donadan oshdi. Savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalariga o`rnatilgan hisob-kitob terminallarining soni esa 190,8 mingtaga etdi.

Bu haqda Respublika Markaziy bankida bank tizimining 2016 yil I choragidagi faoliyati yakunlari hamda joriy yilning 15 yanvarida Vazirlar Mahkamasining majlisida mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalarining o`z vaqtida va to`liq hajmda ijro etilishini ta`minlashga bag`ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisida aytib o`tildi.

Shuningdek tadbirdi hisobot yilida moliyaviy xizmatlar tarkibida, bevosita bank xizmatlarining ulushi 89,6 foizga etib, bu ko`rsatkich ham o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobar oshgani ta`kidlandi. Bu esa, aholi hamda tadbirkorlik sub`ektlariga zamonaviy bank xizmatlari ko`rsatish sifati va ko`lamini kengaytirish borasida ko`rilayotgan maqsadli chora-tadbirlarning samarasidir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!