O`zbekistonda o`tgan haftada sodir bo`lgan yong`inlarda 4 kishi jarohatlandi

14:49, 19 aprel

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 160 ta yong`inlar qayd etildi. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan.  Ushbu yong`inlarda 671 mln  so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd  13 mln  so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
 
Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi fuqaro A.Saloxiddinovning uyidagi isitish pechidan sizib chiqqan gaz hidini sezmagan uy egasining kelini A.Shokarimova xonaga kirgan vaqtda uning kiyimida statik elektr zaryadi hosil bo`lishi natijasida xonaga to`plangan gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Chaqnash natijasida uyning 20 kv.metr maydonda shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan hamda uy egasining kelini A.Shokarimova kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
 
Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.Azizovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 70 kv metr  maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.
 
Farg`ona viloyati Dang`ara tumanida yashovchi fuqaro E.Ravshanovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 80 kv. metr  maydonda tomi,  shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!