Jonni Depp va Ember Xerd avstraliyaliklardan uzr so`radi (Video)

14:56, 19 aprel

Gollivud aktyori Jonni Depp va uning rafiqasi, aktrisa Ember Xerdlar avstraliyaliklardan uzr so`rab Avstraliya bosh vaziri Barnabi Joysga qarata yozilgan video murojaatini Facebook'dagi sahifalariga joylashtirishdi. 

Ular mahalliy aholidan va hukumatdan mamlakat hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan Pistol va Bu nomli yorkshir tererlari uchun  uzr so`rashdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Avstraliya o`ziga xos nabotat va hayvonot dunyosiga, ajoyib insonlariga ega mamlakatdir, – deydi 29 yoshli Xerd, – u turli kasalliklardan, zararkunandalardan xoli davlatdir. Shuning uchun Avstraliyada biologik xavfsizlikka nisbatan qat`iy choralar ko`riladi. Avstraliya xalqi to`g`riso`z va yoqimtoy xalq. Agar ularning qonunini hurmat qilmasangiz, bor haqiqatni yuzingizga aytishadi. Pistol va Buni noqonuniy ravishda mamlakat hududiga olib kirganimizdan afsusdamiz. Avstraliyani himoya qilish zarur. Hammasi uchun sizlardan uzr so`raymiz!”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!