Lolaning yangi klipi Rayhonning muxlislarini g`azablantirdi

16:16, 19 aprel

Xonanda Rayhon o`zining Instagram`dagi sahifasiga yangi surat joyladi va uni quyidagicha izohladi: 

“Sevimli insonlarni yurakdan yulib tashlab bo`lmaydi. Ularni vaqtincha tark etish, unutish, aldash mumkin. Biroq, yo`llar baribir ular tomon chorlaydi. Sevimli insonlarning xatolarini kechirish darkor. Sevimli insonlar “sobiq” bo`lmaydi. Sevimli insonlar bizning dunyoimizni yoritguvchi quyosh kabidir”.

Bu co`zlardan ta`sirlangan muxlislarning aksariyati xonandaning hamkasbi Lolaning yangi “Sog`indim” klipini muhokama qilmoqda. 

“Dugonam deb yurganingiz Lola atayin Yigitali bilan klip qilib, unga yopishib, o`zini unga yaqinlashtirdi, shu yaxshimi endi? Yigitalidan boshqasi qurib qolganmi Lolaga? Nega aynan sizni eringiz bilan?”, —deb yozdi foydalanuvchilardan biri. “Bu hasad, bilasizmi? Unga unaqa er nasib qilmagan bo`lsa-da, bitta klipda Yigitali bilan bir umr hayot kechirganday bo`ldi Lola? Lola o`zini sizni o`rningizda tasavvur qilib ko`rdi”

Rayhon muxlislarining izohlarini javobsiz qoldirdi. Ikki guruhga ajralgan internet foydalanuvchilari esa Lolaning yangi klipi muhokamasini davom ettirdi. 

“Uzr siz mendan xafa bo`lishingiz mumkin, lekin ‘Sog`indim’ klipini ko`rib, men shu narsani tushundim. Loladan xafa bo`lib, ko`nglim qolib ketdi”,—deydi muxlislardan biri.

Yana bir foydalanuvchi esa tobora qattiq bahsga kirishgan muxlislarni tinchlantirishga urindi:

“Odamlar, tinchlaninglar, agar Yigitali Lolaning klipida rol ijro etgan bo`lsa, bu ularning Rayhonning jig`iga tegish uchun hamkorlik qilganini anglatmaydi. Ular ‘Jonim sog`indim’ klipida ham birga rol ijro etgan edi. Rayhon bunga e`tibor bermagan bo`lsa kerak, chunki Lola va Yigitalining har ikkalasi ham ijodkorlar”.

Biroq, Rayhonning ashaddiy muxlislari Lolani tanqid qilishda davom etdi: 

“Lolani men ham hurmat qilaman, yaxshi ko`raman, ammo unaqa klip olishlarini tasavvur qilmagandim. Bizni o`zbekchilikda ayollar begona erkaklar bilan unaqa quchoqlashishlar, bu gunohku, xoh san`atkor bo`lsin, xoh oddiy inson. Musulmonchilikka umuman to`g`ri kelmaydi. Bu safar oshirvorishibdi”

“Men bunga ishonolmayapman. Lola ‘Sog`indim’ klipiga qadar mening sevimli xonandam edi. Men bu klipni ko`rib, yig`ladim Rayhon uchun. Olloh hamma narsani ko`rguvchi va bilguvchidir. Rayhonning ikki bolasini  gunohini oldi Lola. Men undan nafratlanaman.” 

Ayrim foydalanuvchilar esa bu shunchaki klip ekanligini ta`kidlash bilan ovora bo`ldi:

“Bunga faqat klip sifatida qarash kerak. Agar Lola va Yigitali hayotda shunaqa ish qilganida unda gapirish o`rinli bo`lardi. Kino, klip—bu hammasi kasb.  

“Sizlarga o`xshagan ongi past odamlarni endi ko`rishim. Yigitali ishlamasa alfons, ishlasa yana gap, qanaqasizlar o`zi? Rayhonning Yigitali bilan ishi yo`q. Sizlarga kim qo`yibdi begona erkakni muhokama qilishni? O`zi sizlar san`at nima ekanligini bilasizlarmi?”,—deb yozdi Lolaga nisbatan ayblovlardan darg`azab foydalanuvchi.

Ma`lumot uchun, xonanda Lola kuni kecha telekanallar va internet saytlari orqali yangi klipini muxlislar e`tiboriga havola qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!