“Barselona”ning omadsizligida Neymarni ayblashmoqda

09:24, 20 aprel

“Barselona” jamoasi rahbariyati so`nggi paytlardagi muvaffaqqiyatsizligini tahlil qilgan holda, omadsizlikning sabablaridan biri Neymar ekanini ma`lum qilmoqda. 

La Vanguardia nashrining ma`lumotiga ko`ra, kataloniyaliklar rahbariyati Neymarning kun tartibi va hayot tarzidan norozi bo`lmoqda. Braziliyalik futbolchi so`nggi paytlarda ko`p vaqtini kechki bazm va ziyofatlarga hamda reklama roliklarida surtaga tushish bilan o`tkazmoqda.   

“Barselona”dagilar ushbu muammoni oldindan bilar edi, ammo vaziyat taranglashgandan so`ng klub omadsizligida Neymarni ayblashmoqda. 

Ta`kidlash kerakki, “Barselona” so`nggi olti o`yindan atigi bittasida zafar quchgan. Neymar esa ushbu o`yinlarda penaltidan bittagina gol urgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!