«O`zekspomarkaz»da xalqaro tibbiyot ko`rgazmalari ochildi

10:28, 20 aprel

«O`zekspomarkaz»da “Sog`liqni saqlash – TIHE 2016”, “Farmasevtika sanoati – AptekaExpo Central Asia 2016” hamda “Stomatologiya – Stomatology Uzbekistan 2016” xalqaro ko`rgazmalari ochildi. 

Ular O`zbekiston Sog`liqni saqlash, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi, «O`zfarmsanoat» aksiyadorlik konserni, «O`ztibtexnika» mas`uliyati cheklangan jamiyati, Stomatologlar uyushmasi va “ITE Uzbekistan” xalqaro ko`rgazma kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. 

Ko`rgazmalarda 17 mamlakatning 200 ziyod kompaniyasi ishtirok etayotir. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Chexiya, Shveysariya, Belarus va boshqa mamlakatlardan kelgan etakchi ishlab chiqaruvchilar o`z mahsulotlarini taqdim etmoqda. 

Ekspozisiyalardan turli zamonaviy tibbiy texnologiyalar, ultratovush, rentgen apparatlari, fizioterapevtik va kardiologik jihozlar, stomatologiya, implantologiya va jarrohlik asbob-anjomlari, diagnostika va laboratoriya jihozlari, dezinfeksiya, sanitariya-gigiena va reabilitasiya vositalari, trenajyorlar, ortopedik mahsulotlar, tibbiy mebellar, dori-darmonlar, dorixonalar uchun uskunalar, shifobaxsh pardoz vositalari va boshqa mahsulotlar o`rin olgan.

Ko`rgazma doirasida radiologiya sohasidagi yangi texnologiyalar, o`pka kasalliklarini tashxislash va davolashning yangicha usullariga oid seminar va davra suhbatlari tashkil etiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!