Xitoyda 15-qavatdan tushib ketgan 3 yoshli bola tirik qoldi

11:34, 20 aprel

Xitoyning Chanchjou shahridagi ko`p qavatli uyning 15-qavatidan 3 yoshli bola yiqilib ketdi va tirik qoldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, ustalar bolaning xonasidagi oynani almashtirayotgan edi. Uning onasi esa oshxonaga chiqib ketgan. Ko`zdan xoli bo`lgan bolakay derazadan tushib ketgan. Bolakay asfalt yotqizilgan yo`ldan 15 santimetr uzoqlikda yomg`irdan so`ng yumshagan nam erga yuztuban yiqilgan.

Eng ajablanarlisi, bola shunday balandlikdan yiqilib, omon qoldi. Uning bir necha suyaklari singan, xolos.

“Bu haqiqiy mo`jiza”,—deydi bolaning onasi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!