“Pole chudes” ko`rsatuvi boshlovchisi avtohalokatga uchradi

12:38, 20 aprel

 Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Leonid Yakubovichning avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda “Topnews.ru” xabar bermoqda

 Ma`lumotlarga ko`ra, “Pole chudes” ko`rsatuvi boshlovchisi Rublevo-Uspenskiy ko`chasida rafiqasi va 11 yoshli nabirasi bilan o`zining Mercedes avtomobilida ketayotgan edi.  YTH oqibatida boshlovchi va uning oila a`zolariga zarar etmagan. 

“Qo`rqinchli narsa sodir bo`lgani yo`q. Mashinam bamperiga biroz zarar etdi, xolos”,—dedi Leonid Yakubovich.

Bundan biroz avval ham ayrim nashrlar Leonid Yakubovich mudhish avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqatgan edi. Ammo, bu xabarlar o`z tasdig`ini topmagan edi. 

Leonid Yakubovich "Pole chudes" ko`rsatuviga 1991 yilning 1 noyabridan boshlab boshlovchilik qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!