Qora tanli yigitni otib tashlagan amerikalik ofiser qamoqdan qutulib qoldi

15:08, 20 aprel

2014 yilda qurolsiz qora tanli yigitni otib tashlagan AQShning Nyu-York shtati polisiya ofiseri  Piter Liyang qamoq jazosidan qutulib qoldi va sakkiz yuz soat jamoat ishlariga jalb etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ehtiyotsizlik sabab odam o`ldirib qo`ygani uchun Liang 15 yilga qamalishi kerak edi. Ammo bu jazoni qo`llash uchun prokuratura xodimlari etarlicha dalil va asoslar keltira olmagan. Ular Liang qora tanli yigitni qasddan o`ldirmagan deb topishdi.

28 yoshli afroamerikalik Akai Gerli AQShning Bruklin shtatida 2014 yilning 20 noyabrida ko`p qavatli uyda yashovchi tanishining xonadoniga kelayotgan edi. Ofiser esa zinani ko`zdan kechirayotganida tasodifan yigitga qarata o`q uzgan. 

O`q devordan uchib o`tib, Gerlining ko`krak qafasini teshib yuborgan. Mazkur hodisa Amerika jamoatchiligida keng muhokama qilingan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!