Ekaterina Xilko Rio-de-Janeyroda o`tadigan yozgi Olimpiya o`yinlariga yo`llanma oldi

16:02, 20 aprel

Tajribali sportchimiz Ekaterina Xilko Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o`tkazilgan trampolin bo`yicha XXXI yozgi Olimpiya o`yinlariga yo`llanma beruvchi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

E.Xilko musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o`tib, kuchli sakkizlikdan joy oldi va Olimpiada yo`llanmasiga ega bo`ldi. 

Mazkur Olimpiya o`yinlari sportchimiz faoliyatidagi beshinchisi bo`ladi. U 2000 yili Sidney, 2004 yili Afina, 2008 yili Pekin va 2012 yili London Olimpiadalarida ishtirok etgan. Pekin Olimpiadasida bronza medal bilan taqdirlangan.

Yaqinda sport gimnastikasi bo`yicha o`tkazilgan lisenzion musobaqada tajribali sportchilarimiz Anton Fokin va Oksana Chusovitina ham munosib ishtirok etib, Olimpiada yo`llanmalariga sazovor bo`lgan edi.

Ayni paytda sportchilarimiz XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o`yinlarining 66 yo`llanmasiga ega. Olimpiyachilarimiz boks bo`yicha 11, engil atletikada 8, baydarka va kanoeda eshkak eshish va og`ir atletikada 5 tadan, taekvondo (WTF) va sport kurashlari bo`yicha 3 tadan, suzish va sport gimnastikasidan 2 tadan, stol tennisi va trampolin bo`yicha 1 tadan yo`llanmani qo`lga kiritgan.

Paralimpiyachilarimizda engil atletika bo`yicha 10, dzyudodan 8, suzishdan 5, o`q otish va pauerlifting bo`yicha 1 tadan yo`llanma bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!