Sardor Rahimxon Muhammad Iso Abdulhairovning iltimosini rad etdi(Video)

16:21, 20 aprel

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon o`zining Instargram`dagi sahifasiga o`zi va komik aktyor Muhammad Iso Abdulhairov ishtirokidagi videorolikni joylashtirdi va unga quyidagi izohni yozib qoldirdi “Muhammad Iso Abdulhairov—eng yaxshi ko`rgan aktyorim. Ming bor uzr, akajon”. 

Mazkur videorolikda aktyor Sardor Rahimxondan konsertga ikki dona chipta so`raydi. Sardor Rahimxon esa konsertga chiptalar qolmaganini aytib, aktyorning iltimosini rad etdi. Videoda Muhammad Iso Abdulhairovning xonandadan xafa bo`lganini ko`rish mumkin.

Xonandaning muxlislari ushbu videoni konsertning o`ziga xos reklamasi sifatida qabul qildi va uni tomosha qilganlar miriqib kulganini yozib qoldirgan. Bizningcha ham ushbu video konsert reklamasi uchun yaratilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!