Bryusseldagi teraktlarni sodir etgan hudkush Najim Lashrau 5 yil aeroportda ishlagani ma`lum bo`ldi

09:49, 21 aprel

Bryussel shahri aeroportida terakt sodir etgan hudkush Najim Lashrau o`sha erda besh yil mobaynida ishlagani ma`lum bo`ldi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda. 

U aeroportga vaqtinchalik ishlarni tashkillashtirish agentligi yordamida ishga joylashgan. 

Belgiyada Lashrauga nisbatan 2014 yilning mart oyidan boshlab qidiruv e`lon qilingan. Ammo u teraktlar tashkilotchisi Salax Abdusalom bilan birga Bryusseldagi uylardan birida yashirincha yashab kelgan. 

Ma`lumot uchun, Bryussel shahrida 22 mart kuni yuz bergan teraktlarda 32 kishi halok bo`ldi,300 dan ortiq kishi yaralandi. 

Terakt uchun javobgarlikni DAISh terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!