Kaniza Ozodbek Nazarbekov, Rayhon va Munisa Rizaevalarni o`g`irlikda aybladi

10:21, 21 aprel

Kuni kecha xonanda Kaniza 28 aprel kuni “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan konserti va nikoh to`yi oldidan matbuot anjumani o`tkazdi.

Tadbir davomida xonanda tomonidan qiziqarli savollarga javoblar va xonanda tomonidan avval aytilmagan faktlar havola etildi.

Xususan Kaniza hamkasblari O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist  Rayhon G`anieva, xonanda Munisa Rizaeva hamda “Benom” guruhlariga o`z e`tirozlarni bildirib o`tdi.  

Xonanda tomonidan keltirib o`tilgan ma`lumotlarga ko`ra, yuqorida nomlari keltirib o`tilgan xonandalar Kanizaning ijodidan o`g`irlashgan. Xususan Munisa Rizaeva xonandaning “Ammasi xolasi” taronasidagi kavushlar kiyish g`oyasini, Rayhon esa “G`aribim, tabibim” so`zlari bilan qo`shiq kuylaganligini, Ozodbek Nazarbekov esa etim farzand nolasi kabi qo`shiq mavzusini o`g`irlaganligini, “Benom” guruhi ham “Xolasi-ammasi” qo`shig`i musiqasi yo`nalishi, klipi ijodiy jarayonlaridagi o`g`irligini ma`lum qildi.

Kaniza taronalari yuqoridagi ijodkorlar tomonidan so`zma so`z yoki musiqa tomonidan aynan o`g`irlanmagan bo`lsada, g`oya, yo`nalish, mavzu tomonidan bir xil ekanligini iddao qilmoqda. 

Kaniza yuqorida nomlari keltirilgan ijodkorlarga o`zlari mukammal ijod qilishlarini, uning qo`shiqlari, yo`nalishlari va u topgan mavzularjdan o`g`rilamasliklarini, bu narsa uning hiqildog`iga kelganini aytib o`tdi. 

Matbuot anjumani davomida Kanizaning taronalari va yuqorida nomi keltirilgan Ozodbek Nazarbekovning ijodiga kiritilgan ammo Kanizada bir necha oy oldin yaratib bo`lingan “Etim bola nolasi” taronasini ijro etdi.

Yodgorbek YuKSAL

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 00:37, 29 aprel
jinniro o'zi wu Kaniza. Kim uni norm xonanda db hisoblirkan?
Гость 08:31, 26 aprel
аапп
Гость 17:49, 23 aprel
Угри одам хаммани угри деб уйлаб, ортикча хавотирда юради.
Гость 17:48, 23 aprel
Бечора кийналиб кетибдику, хамма угри, у санъаткор эканми? Калласига торт кийган одам нормальный буладими?