“Real” qatorasiga ettinchi mavsumda 100 va undan ortiq gol urdi

10:29, 21 aprel

“Real Madrid” jamoasi “Vilyarreal”ga qarshi (3:0) Ispaniya chempionati 34-turida g`alaba qozondi. Mazkur o`yinda madridliklar 99, 100 va 101-gollarini kiritib, o`ziga xos natijani qayd etdi

Klub rasmiy saytining ma`lum qilishicha, “Real” qatorasiga ettinchi mavsumda 100 va unda ortiq gol urib kelmoqda. E`tiborlisi, ushbu muvaffaqiyatli statistika madridliklar safiga Krishtianu Ronaldu o`tgach boshlangan.

“Real” Ronalduni sotib olgunga qadar faqat bir marta 1989/90 yilgi mavsumda 100 tadan ko`p gol urishni uddalagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!