Bozorlarda noqonuniy savdoga qo`yilgan 8,4 mlrd. so`mlik tovarlar vaqtincha olib qo`yildi

11:23, 21 aprel

Davlat soliq qo`mitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo`limlari tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda bozorlar va savdo komplekslarida sifat sertifikatiga ega bo`lmagan tovarlarning sotilishi, sog`lom raqobat muhitini rivojlantirish, naqd pul mablag`larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish borasida nazorat tadbirlari o`tkazilmoqda.

Xususan, Bozorlar va savdo komplekslari ma`muriyati faoliyati bo`yicha joriy yilning 1 apreliga qadar 63 ta nazorat tadbiri o`tkazildi. Shundan 30 holatda o`z vaqtida bankka pul topshirmaslik, 61 holatda pul undirib patta yoki chek bermaslik, 25 holatda to`lov terminallaridan foydalanish qoidalarini buzish, 13 holatda yuridik va jismoniy shaxslarga obektlarni ijara shartnomasi tuzmasdan berish kabi qoidabuzarliklar aniqlandi. O`z navbatida bozor rahbarlariga va mas`ul xodimlariga nisbatan tegishli choralar ko`rildi.

Shuningdek, joriy yilning 1 aprel holatiga turg`un savdo shoxobchalarida hamda savdo rastalarida o`tkazilgan 2 772 ta nazorat tadbirida huquqbuzarlardan noqonuniy savdoga qo`yilgan jami 8,4 mlrd. so`mlik tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan 272,1 mln. so`mlik qishloq xo`jaligi mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo`yildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!