AQShning 10 va 20 dollarlik kupyuralarida ayollar surati paydo bo`ladi

11:47, 21 aprel

AQSh moliya vazirligi 10 va 20 dollarlik kupyuralar dizaynini o`zgartirishga qaror qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda. 

Mamlakat tarixida birinchi marta banknotlarda ayol surati paydo bo`ladi. 

20 dollarlik kupyuraga XIX asrda qullar ozodligi uchun kurashgan qora tanli ayol Garriet Tabmenning surati qo`yiladi.

10 dollarlik kupyuraning oldi tomonidan AQShning birinchi moliya vaziri Aleksandr Gamiltonning surati saqlanib qoladi. Ikkinchi tomoniga esa ayollar surati tushiriladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!