Turkiyada o`quvchilariga nisbatan jinsiy zo`ravonlik qilgan o`qituvchi 508 yil qamoq jazosiga hukm etildi

14:53, 21 aprel

Tergovda aybini qisman tan olgan erkak, sudda fikridan qaytib, hamma aybni tergovchining majburlagani uchun tan olganini aytdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Turkiyaning Karaman viloyat sudi mahalliy diniy maktab o`qituvchisini o`quvchilariga nisbatan jinsiy zo`ravonlik qilgani uchun 508 yil-u, 3 oyga qamashga hukm chiqardi.

Ayblov xulosasiga ko`ra, ismi oshkor etilmagan 54 yoshli sudlanuvchi 3 yil mobaynida 12 dan 14 yoshgacha bo`lgan o`quvchilarga nisbatan zo`ravonlik qilganlikda ayblangan. Sudda yuqori darajada xavfsizlik choralari ko`rilgan. Turkiyaning ikki oppozision partiyasi — xalq respublikasi va milliy harakat partiyalari hukumatdan aybdorga nisbatan qat`iy chora ko`rishni talab qilgan edi. Hodisa ro`y bergan maktab Ensar jamg`armasiga tegishli bo`lib, bu erda diniy ta`lim berilgan va masjidlar uchun imom-xatiblar tayyorlangan. Turkiyada 2002 yilga kelib, bunday maktablar soni keskin oshib ketdi. 

Turkiya parlamentida voqeani o`rganish uchun maxsus komissiya tuzildi. Oila ishlari bo`yicha mamlakat vaziri Sema Ramazon o`g`li bu voqea yuqori darajada xizmat ko`rsatayotgan Ensar jamg`armasi nomiga dog` tushishiga sabab bo`lmasligi kerakligini ta`kidladi.

Uning ushbu so`zlari  oppozisiyachilarning tanqidiga uchragan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!