Yuz ko`chirish operasiyasini boshdan kechirgan amerikalik yigit asl qiyofasiga qaytdi

16:05, 21 aprel

Amerikaning Indiana shtatida yashovchi Mitchell Xanter ismli fuqaro 2001 yilda avtomobil halokatiga uchrab, yuzi tanib bo`lmas darajada kuyib ketgan va chap oyog`idan ajragan. U yuz ko`chirish operasiyasini boshdan o`tkazib, avvalga qiyofasiga qaytdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Xanter AQShda yuz ko`chirish operasiyasini o`tkazgan ikkinchi odam bo`ldi. Bu operasiya 14 soat davom etib, u asl qiyofasiga qaytdi. Xanter oxirgi besh yil mobaynidan 20 dan ortiq operasiyani boshdan o`tkazgan.

35 yoshli Xanterning so`zlariga qaraganda, endi u o`zini odamlar orasida erkin tutmoqda, ilgarilari uni ko`rgan bolalar qo`rqqanidan qochib ketgan. U yuz terisining sezish qobiliyati tiklanganini ham aytib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!