Naomi Kempbellning 64 yoshli onasi uning dugonasidek taassurot uyg`otdi

16:35, 21 aprel

Naomi Kempbellning onasi Valeri Morris top-modelning o`zi haqida yozgan kitobi taqdimot marosimida qizi bilan birga qatnashdi. Taqdimot marosimi London shahrida bo`lib o`tdi, deb xabar berdi “Elle.ru” nashri. 

Naomi Kempbellning hayoti aks etgan kitob London ahliga havola etildi. Naomi onasini taqdimotning eng aziz mehmoni deb e`lon qildi. U kitobida buvisining qo`lida katta bo`lganligini, onasi esa ish bilan chet davlatlarda yurganini, onasi uyga qaytganda qalbi quvonchga to`lganini, yana chamadonini yig`ishtirishga tushganda xafa bo`lganlarini, onasi juda bashang kiyinganligini, o`n uch yoshdan boshlab, podiumda to`g`ri yurish sirlarini o`rgatganini yozgan. 

Taqdimot marosimi sharafiga uyushtirilgan kechada 64 yoshli Valeri Morris qizidan qolishmaydigan darajada yulduz bo`ldi. 64 yoshli sobiq raqqosa yaqindan boshlab, omma e`tiborini qozona boshladi. U kitob taqdimotidan qalbi quvonchga to`lganligini, qizidan faxrlanishini aytib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!