“Arsenal” APLda 500 ta g`alaba qayd etgan ikkinchi jamoaga aylandi

11:45, 22 aprel

Angliya Premer-ligasining 30-tur qoldirilgan o`yinida “Arsenal” jamoasi “Vest Bromvich” bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida zafar quchdi

Ushbu g`alaba “to`pchilar” uchun Premer-liga doirasida 500-si bo`ldi. “Arsenal” “Manchester Yunayted” jamoasidan (584 g`alaba) keyin ushbu natijani qayd etgan ikkinchi klub bo`ldi. 

Mazkur g`alabadan keyin Arsen Venger shogirdlari ochkolar sonini 63 taga etkazib, turnir jadvalida 3-o`ringa ko`tarilib oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!