Lotereyada yutgan odam, yutug`i o`zi o`ylaganidan ming barobar ko`pligini bilmadi

14:24, 22 aprel

Britaniyada lotereyada yutgan odam, yutug`i o`zi o`ylaganidan ming barobar ko`pligini bilib, hayratini yashira olmadi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.  

Britaniyaning Forfar shahrida yashovchi 59 yoshli Jon Bouman bu haqda quvonchini u bilan bo`lishmoqchi bo`lgan do`stidan eshitdi. Jonning do`sti lotereya natijalarini ko`rganligini va uni millionerga aylangani bilan tabrikladi. Yoshligida Shotlandiyaning premer-ligasida futbol o`ynagan Jon do`stlari bilan millionerga aylanganini mahalliy qahvaxonalardan birida nishonladi. 

G`alabaga erishganiga amin bo`lgan Jon darhol ishdan bo`shadi. Yutuqni qabul qilish vaqtida so`zga chiqqan Jon, bu pullarni dunyo bo`ylab sayohat qilishga hamda qizlari Emma va Liza uchun sarflamoqchi ekanligini bildirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!