Malayziyalik fuqaro likopchasidagi suvarak uchun xususiy shifoxonadan 17 ming dollar tovon puli undirdi

15:20, 22 aprel

38 yoshli Malayziya fuqarosi Van Xeyli Marauvi xususiy klinikani sudga berib, 17,2 ming dollar tovon puli undirib oldi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Uning aytishicha, klinika xodimlari uni suvaraklar bilan “ovqatlantirgan”.  

Malayziyalik fuqaro hamshiralardan biri olib kelgan nonushtadan biroz eb bo`lgachgina, unda suvarak borligini ko`rib qoladi. U suvarakning bir qismini bilmay eb yuborgan edi. Shundan so`ng Van Xeylining qornida qattiq og`riq turadi. 

Van Xeyli Marauvi 2015 yilda bo`yin umurtqa sohasidagi og`riqlar sabab, shifoxonaga yotgan edi. Biroq, uning salomatligi bemor o`z likopchasida suvarak borligini sezib qolgach, yomonlashadi.

2015 yilning avgust oyida Marauvi mamlakat sog`liqni saqlash vazirligiga arz qildi. U shikoyat xatida o`zi davolangan klinikada sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinmayotganini bildirib o`tadi.

Shifoxona ma`muriyati Marauvining yolg`on gapirayotganini ta`kidladi, biroq xolis ravishda o`tkazilgan tekshiruv ishlari bemorning haqligini isbotladi.

Salkam bir yil davom etgan sud jarayonidan so`ng, klinika ma`muriyati o`z bemoriga katta miqdorda tovon puli to`lashga majbur bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!