Xitoylik tadbirkor maymun otgan toshdan halok bo`ldi

15:41, 22 aprel

Xitoylik tadbirkor, Guan Sheng Yuan oziq-ovqat kompaniyasi rahbari Ven Mao Yuntay tog`lariga safari chog`ida maymunning otgan toshidan halok bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Hodisa 19 aprel kuni ro`y berdi. 67 yoshli tadbirkorning o`limiga uning boshiga kelib tushgan tosh sababchi bo`ldi. Toshni tog`ning ustida turgan maymun pastga uloqtirgan edi. Maoni o`sha zahotiyoq shifoxonaga olib ketishdi. Biroq, shifokorlar tadbirkorning hayotini saqlab qololmadi. Yuntay tog`i yovvoyi maymunlar yashaydigan diqqatga sazovor maskan hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!