Aktyor Robert Dauni-kichkina “O`rgimchak odam” filmining yangi qismida rol ijro etadi

16:22, 22 aprel

Aktyor Robert Dauni-kichkina “O`rgimchak odam” filmining yangi qismida suratga tushadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Akter dastlab bu rolni ijro etishni rad etgan bo`lsa-da, yana temir odam rolini ijro etadi.  

Yangi kinofilm 2017 yilda ekran yuzini ko`radi. Uni suratga olish ishlari esa may oyidan boshlanadi.

Marvel sutdiyasi garchi bu ma`lumotni rasman tasdiqlamagan bo`lsa-da, aktyor bilan “Qasoskorlar” filmining yana ikki qismi uchun shartnoma imzolangan. Temir odamning o`zi haqidagi filmlarda esa aktyor boshqa ishtirok etmaydi.

“O`rgimchak odam” da aktyor bosh qahramonlardan birini gavdalantiradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!