Ronalduning jarohati og`ir emas, u o`zini yaxshi his qilyapti

16:59, 22 aprel

"Real Madrid" jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu "Vilyarreal"ga qarshi (3:0) kechgan o`yinda jarohat olganligi taxmin qilinayotgan edi. Ammo portugaliyalik hujumchi ahvoli yaxshi ekanini ma`lum qildi.

"Men yaxshiman. Hammaga qo`llab-quvvatlagani uchun rahmat", - deya yozadi 31 yoshli futbolchi Instagram sahifasida. 

Eslatib o`tamiz, Ronaldu jarohati tufayli kechagi o`yinni muddatidan avval tark etishga majbur bo`lgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!