Qo`qon shahrida talonchi qo`lga olindi

11:44, 23 aprel

Farg`ona viloyati Qo`qon shahar ichki ishlar bo`limiga Dang`ara tumanida yashovchi 20 yoshli fuqaro murojaat qilib, noma`lum shaxs uni qo`rqitib, 25 ming so`m puli va "Artel" rusumli qo`l telefonini tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini Qo`qon shahrida yashovchi 39 yoshli fuqaro sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi.

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!