Moskva ahlini tunda tanklarning shovqini uyg`otdi

12:23, 23 aprel

22 dan 23 aprelga o`tar kechasi Moskvaga keltirilgan, 9 may kuni o`tkaziladigan paradda ishtirok etishi rejalashtirilgan harbiy texnika shovqini Moskva ahlini uyqudan uyg`otdi.

Tanklar, zenit-raketa kompleksi, o`zi yurar zambaraklar temir yo`l orqali keltirilgan. G`ildirakli texnika esa Alabino poligoniga o`zi kelgan. 28 aprel kuni Qizil maydonda birinchi parad repetisiyasi o`tkaziladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. Asfaltni buzib yubormaslik uchun ba`zi harbiy texnikalar KamAZlarda olib kelingan. Kolonnaning uzunligi 4 kilometrni tashkil etgan. Tun bo`lishiga qaramay, bedor fuqarolar harbiy texnikalarning o`tishini oynadan kuzatishgan. 

9 may kuni Rossiya poytaxtida o`tkaziladigan harbiy paradda Rossiya harbiy kuchlarining eng so`nggi rusumdagi qurolli texnikasi namoyish etiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!