Qirolicha Elizaveta II uzoq umr ko`rishiga sabab bo`lgan 10 ta sirni ochdi

12:31, 23 aprel

Qirolicha bu yil o`zining 90 yoshlik yubileyini nishonlaydi. U o`tgan yilda  341 ta tadbirda qatnashganiga qaramay, hamon yoshligini, navqironligini, jismoniy faolligini saqlab qolgan. U bunga qanday erishgan? “Sosmo.ru” nashri sizga uning uzoq umr ko`rish sirlarini oshkor etadi.
 

1. Genlar ta`siri

Qirolicha Elizavetaning onasi 101 yil umr ko`rgan bo`lsa, buvilari esa 85 va 89 yil yashashgan. Oksford instituti genetigi Sara Xarperning aytishicha, ajdodlari, ya`ni buvasi 70 yil, buvisi 75 yil umr ko`rgan insonning uzoq yashash ehtimoli katta bo`lar ekan. 

2. Tamaki chekishdan voz kechish

Qirolichaning tamaki chekmaslik ehtimoli kam edi, chunki uning otasi va opasi ashaddiy kashanda bo`lgan. Elizavetaning yoshligida ayol kishining tamaki chekishi uning zamonaviyligini belgilardi. Shunga qaramay, Elizaveta nikotinga qarshi bo`lgan, hatto turmushga chiqayotganda shahzoda Filippga “Tamakini tashlasangizgina sizga turmushga chiqaman”, deb shart qo`ygan. Filipp uning shartiga ko`ngan, shundan keyin umuman tamaki chekmagan va hozirda  94 yoshga kirganiga qaramay, o`zini yaxshi his qilmoqda.

3. Sharob iste`mol qilish

Elizaveta II kuniga 1-2 bokal sharob iste`mol qiladi. Ayniqsa, yurak qon-tomir kasalliklariga, yuz terisiga foydali bo`lgan oq sharobni judayam xush ko`radi!

4. Parhez tutish

Qirolicha dimlangan tovuq go`shti va sabzavotli salatni sevib iste`mol qiladi, kraxmal mavjud bo`lgan barcha mahsulotlardan pishirilgan ovqatni umuman tanovul qilmaydi, shu bilan birga xamirli pishiriqlarni va desertlarni ham emaydi. 

5. Baxtli nikoh

Qirolicha shahzoda Filipp bilan 68 yildan beri baxtli hayot kechirmoqda. U bergan barcha intervyularida turmush o`rtog`i uni doimo qo`llab-quvvatlab kelganini, to`rt farzandini tarbiyalashda juda katta yordam berganini, hech qachon janjallashmaganini ta`kidlab o`tadi.

6. Jismoniy faollik

Qirolicha kuniga toza havoda 2 soat piyoda sayr qiladi, haftasiga ikki marta chavandozlik bilan shug`ullanadi, muskullari faolligini oshirish maqsadida kunning asosiy qismini tik oyoqda o`tkazadi.

7. Xotirjam uyqu

Elizaveta II sutkasiga 7 soat uxlaydi, har kuni bir vaqtda, soat 7.30 da uyg`onadi. U sog`ligini saqlash maqsadida hech qachon bu tartibni buzmaydi. 

8. Aqliy faollik

Qirolicha har kuni kitob mutolaa qilishni kanda qilmaydi, dunyo va adabiyot yangiliklarini kuzatadi, fuqarolarning hukumat nomiga yozgan maktublari bilan tanishadi, mustaqil ravishda rasmiy qabullarni tashkillashtirish rejasini tuzadi, tematikasini tanlaydi, ssenariysini yozadi. 

9. Xayriya ishlari

Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, muhtojlarga chin dilidan yordam beradigan odam boshqalardan ko`ra uzoqroq yashaydi. O`zining foydasi tegayotganidan xursand bo`lgan odam organizmida stress darajasining kamayishi sog`liqqa juda katta foyda keltiradi. Qirolicha dunyoning 600 dan ortiq xayriya tashkilotlariga homiylik qilib, ularning faoliyatini kuzatib boradi.

10. Optimizm

Saroy ahlining aytishicha, Qirolicha doimo ko`tarinki kayfiyatda yuradi. Har qanday sharoitda ham his-tuyg`ularini jilovlay oladi, hech qachon tushkunlikka tushmaydi. Olimlar allaqachon hayotga optimistik nazar bilan qaraydigan odam pessimestlarga nisbatan uzoqroq umr ko`rishini aniqlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!