Janjalkash Gattuzo Qozog`iston termasini boshqarishi mumkin

13:03, 23 aprel

Italiya termasi va “Milan” klubi sobiq yarim himoyachisi, ayni damda Italiyaning “Piza” jamoasi ustozi Jennaro Gattuzo Qozog`iston terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Qozog`iston futbol federasiyasi italiyalik mutaxassisni mamlakat terma jamoasiga taklif qilmoqchi. Biroq, u  avvaliga “Piza” bilan Italiya uchinchi divizioni chempionatini yakunlab olishi talab qilinmoqda. Shundan so`nggina tomonlar o`zaro muzokaralarni boshlaydi.

Futbolchilik paytida janjallari bilan mashhur bo`lgan Gattuzo bir necha kun avval murabbiy sifatida hakam bilan tortishib, nomaqbul so`zlarni ishlatgani uchun mavsum so`nggiga qadar diskvalifikasiya qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!