Xitoyda 1000 ta tuxumdan to`y ko`ylagi yaratildi(Foto)

15:03, 23 aprel

Xitoylik dizayner Kun Nin mingta tuxumdan yaratilgan kelin ko`ylakni namoyish etdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda. Tuxumlardan iborat to`y libosi er kuni munosabati bilan yaratilgan. Modeler o`z lisbosini Pekin milliy san`at markazi oldida namoyish etdi.

Kun Nin ko`ylakni yaratishga ikki kun vaqt sarfladi. Nashrning yozishicha, ko`ylak tikilishi va uni kiyish jarayonida nechta tuxum singani noma`lum. Kun Nin dizaynerlikdan tashqari she`rlar ham yozib turadi. U yangi to`plamiga mingta tuxum haqidagi she`r ham kiritilgan.

 

Kun Nin noodatiy ko`ylaklar tikishi bilan mashhur. U 2015 yilning dekabr oyida tibbiyot niqoblaridan to`y ko`ylagini yaratgan edi. O`shanda model qiz mazkur ko`ylakni kiyib, Pekin ko`chalarini aylanib chiqqan. Dizayner mazkur ko`ylakni shahar havosining ifloslanishiga qarshi norozilik namoyishi sifatida yaratgan edi.

 

Eslatib o`tamiz, avvalroq Xitoyning Sindao shahrida yashovchi yigit sevgan qiziga 600 ta shardan ko`ylak yaratgani haqida xabar berilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!