“MYu” afsonasi futboldagi xizmatlari uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi

10:52, 25 aprel

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyining assitenti Rayan Giggz professional futbolchilar uyushmasi tomonidan futboldagi xizmatlari uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi

Rayan Giggz 1990-2014 yillar davomida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib keldi. Faoliyatining so`nggi yilida u mavsum so`nggida murabbiylik ham qilgan. Ayni damda 42 yoshli mutaxassis mankunianliklar bosh murabbiyi Lui van Galning assistenti hisoblanadi. 

Afsonaviy Rayan Giggz Angliya chempionatida eng ko`p o`yin o`tkazgan futbolchi sanaladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!