Qayta moliyalash stavkasi o`zgarishsiz qoldi

11:03, 25 aprel

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan qayta moliyalash stavkasini yillik hisobda 9 foiz darajasida saqlab qolish to`g`risida qaror qabul qilindi.

Qayta moliyalash stavkasining mazkur miqdorda qoldirilishi, birinchi navbatda, inflyasiya darajasining maqsadli ko`rsatkichlar doirasida bo`lishini ta`minlashga va shu bilan birga joriy yil uchun mo`ljallangan iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishish uchun qulay moliyaviy va investision sharoitlarni yaratishga qaratilgan pul-kredit siyosatini davom ettirishga xizmat qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!