Ekvadorda Dayko laqabli it 7 kishini zilzila xarobalari ostidan qutqardi

11:10, 25 aprel

Ekvadorda Dayko laqabli it qutqaruvchilarga zilzila xarobalari ostida qolib ketgan kishilarni qutqarishga ko`maklashdi, oqibatda esa o`zi suvsizlikdan nobud bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Qutqaruvchilar o`z yordamchilarini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan, biroq urinishlar besamar ketgan. 

“Dayko xizmat vazifasini ado etish uchun o`zini qurbon qildi. Pelernales va boshqa hududlarda ko`rstagan jasorating uchun senga tashakkur”,— deya minnatdorchilik bildirdi qutqaruvchilar labrador itga.

Dayko uch yildan beri qutqaruv xizmatida insonlarni qutqarishga ko`maklashayotgan edi.

Ma`lumot uchun, 17 aprelga o`tar kechasi Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila ro`y berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!