Toshkentda Olimpiadaga yo`llanma beruvchi Osiyo chempionati start oldi

11:11, 25 aprel

“O`zbekiston” sport majmuasida joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo`lib o`tadigan XXXI yozgi Olimpiya o`yinlariga yo`llanma beruvchi Osiyo chempionati bahslari boshlandi. 

Osiyo og`ir atletika federasiyasi, O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi hamda Og`ir atletika federasiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada qit`amizning 30 ziyod davlatidan 300 yaqin sportchi sovrinli o`rinlar bilan birga Olimpiada yo`llanmalari uchun bellashmoqda. 

24 aprel kuni “O`zbekiston” sport majmuasida og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionatining ochilish marosimi bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!