Ogayo shtatida otishma bo`lgan joydan nasha plantasiyasi topildi

11:46, 25 aprel

AQShning Ogayo shtati prokurori Mayk Devaynning ma`lumot berishicha, sakkiz kishi otib o`ldirilgan joyda katta miqdorda giyohvandlik moddasi olish uchun etishtirilayotgan uchta nasha plantasiyasi aniqlangan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Shtat prokurorining aytishicha, 60 dan ortiq fuqaro guvoh sifatida so`roq qilingan, 18 ta ashyoviy dalil ekspertizaga yuborilgan. Beshta manzil tintuv qilingani, barcha choralar ko`rilganiga qaramay, qotil haligacha ushlanmagan. 

Okrug sherifi Payk Charlz Riderning ta`kidlashicha, jasadlarning tanasidagi jarohatlar boshqalarga ibrat bo`lish uchun qatl etilganlikni ifodalovchi belgilarga ega. Bu jasadlar Pibls shahrining turli tomonidagi uylardan topilgan, polisiyachilar uylardan jasadlardan tashqari kichik yoshdagi tirik bolalarni ham topishgan.    

Ogayo shtati prokurori okrug aholisini ogohlikka va ehtiyot choralarini ko`rishga chorladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!