2018 yilga borib poliomielit butunlay yo`qoladi

14:25, 25 aprel

Mutaxassislarning fikricha insoniyat tarixida ikkinchi bor og`ir kasallikni qo`zg`atuvchilarni butunlay yo`q qilishga erishildi.

Birinchi kasallik bu qora chechak bo`lsa, ikkinchi kasallik poliomelit bo`lishi kutilmoqda. Bu yilning o`tgan 4 oyi davomida ushbu tashxis bilan 7 nafar bemor ro`yxatga olingan. Agar shu ketishda davom etsa 2018 yilga borib, poliomielitni o`limga olib keladigan kasalliklarning uzun ro`yxatidan chiqarib yuborish mumkin bo`ladi. Kasallikni yo`q qilishda asosiy rolni vaksinasiya bajargan, deya xabar beradi Euronews.

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, bugun poliomielit bilan kasallanishning eng past darajasi kuzatilmoqda, shu sababli xalqaro tashkilot mazkur kasallik bir yarim yildan keyin butunlay yo`qolishini bashorat qilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!