Germaniya parvozlar xavfsizligi eng yomon mamlakatlar ro`yxatiga kiritildi

14:39, 25 aprel

Germaniya Evropadagi parvozlar xavfsizligi eng yomon yo`lga qo`yilgan mamlakatlar ro`yxatidan o`rin oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru” aviasiya xavfsizligi bo`yicha Evropa agentligi.

Ma`lum bo`lishicha, Germaniya Evropadagi eng rivojlangan 15 mamlakatlarga parvozlarni yo`lga qo`yishda xavfsizlikni to`la ta`minlay olmayapti.

Germaniyaga qaraganda kamroq rivojlangan Albaniya, Bosniya va Gersegovina hamda Slovakiya kabi mamlakatlarda esa aviasiya xavfsizligi qoidalariga yaxshiroq rioya qilinadi.

Shuningdek, Evropa parvoz xavfsizligi qo`mitasining ma`lum qilishicha, Germaniyada ekipaj a`zolarini o`qitish normalari va ularning ish vaqti uchun cheklovlar qoidalariga rioya qilinmaydi.

Germaniya 2011 yilda qo`mita tomonidan parvozlar xavfsizligiga rioya qilmayotgani tufayli ogohlantirilgan.

Eslatib o`tamiz, fevral oyida britaniyalik Josh Rid Germaniyaga qallig`ining pasporti bilan uchib ketgani haqida xabar berilgan edi.

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!