O`zMUning 2 nafar talabasi Moskvada o`tgan olimpiadada kumush va bronza medallarini qo`lga kiritdi

15:10, 25 aprel

Rossiya poytaxti Moskva shahrida joriy yilning 15-16 aprel kunlari “Ochiq internet xalqaro olimpiadasi” bo`lib o`tdi. Unda O`zMUning kimyo fakulteti talabalari Jaloliddin Xushvaqtov kumush va Muzaffar Maxsumov bronza medallariga ega bo`ldi. Bu haqda O`zMU axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur olimpiadada MDH mamlakatlarining 97 ta oliy ta`lim muassasalaridan kimyo yo`nalishi bo`yicha 497 nafar talaba ishtirok etdi. 

Yosh tadqiqotchilar rus tilida “Maxsus ixtisoslashtirilgan kimyo kurslari” yo`nalishi bo`yicha 12 tadan masala echib, shunday muvaffaqiyatga sazovor bo`ldi. Eslatib o`tamiz, bundan avval O`zMUning mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibragimov Kiprda matematika fani bo`yicha o`tkazilgan 10-xalqaro “SEEMOUS 2016” olimpiadasida ishtirok etib, oltin medallarni qo`lga kiritgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!