Damashqda sodir bo`lgan teraktda 15 kishi halok bo`ldi

15:15, 25 aprel

Suriya poytaxtida bugun erta tongda portlash ro`y berdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda. Shahar janubidagi Said Zaynab mavzesida minalangan avtomobil portlab ketgan.

Terakt Suriya armiyasi posti yaqinida sodir etilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, terakt oqibatida 15 kishi halok bo`lgan, 80 nafardan ortiq kishi yaralangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!