25, 35 va 55 yoshli erkaklar munosabatlarda ko`proq nimani afzal ko`radi?

15:19, 25 aprel

Erkaklarda o`rta yoshlik inqirozi qachon va qanday boshlanadi? Ularning qarama-qarshi jins vakiliga nisbatan qachon munosabatlari o`zgaradi? Erkaklarning ichki dunyosi, fe`l-atvori, kechinmalari bilan sizni ELLE. RU nashri tanishtiradi.

25 yosh: sinov va xatolar davri

Bu yoshdagi yigitlar ishqiy munosabatlarda haddan tashqari qiziqqon bo`ladi, shaxs sifatida shakllana boshlaydi. Tajribasi yo`qligi tufayli his-tuyg`ularini boshqara olmaydi. Ayollar unga sirli, shu bilan birga xavfli mavjudot bo`lib ko`rinadi. Shuning uchun bu yoshdagi yigitlar muhabbat azobidan qiynaladilar. Ular kelishgan, chiroyli qizlarga e`tibor berishadi. Bu yoshdagi 35% yigitlar sevgan qizlariga hammaslak bo`lish niyatida u qiziqqan narsalarga qiziqadi. Uning muammolariga katta e`tibor beradi. Har qanday munosabatni jiddiy qabul qiladi. Ilk marotaba yoqtirgan qizini bir umr unutmaydi. Bu xotiralarni yillar o`tsa-da, esdan chiqarmaydi. Bu yoshdagi yigitning muhabbati sof bo`ladi, xiyonat haqida o`ylamaydi. 94% yigitlar sevgisiga xiyonat qilgan qizdan voz kechadi, 22 % yigitlarning o`zlari esa aldov qurboni bo`lishadi. Ularning xayolot dunyosi boy bo`ladi.  

35 yosh: etuklik davri

Bu yoshdagi kuch-quvvatga to`lgan erkakning butun diqqat-e`tibori karerasiga qaratilgan bo`ladi. Bu bilan ishqiy munosabatlar ikkinchi planga tushib qoladi demoqchi emasmiz, aksincha bunday munosabatlardan boshqa narsani kutadi. Oila uning hayotida muhim ahamiyat kasb ketadi, ishdan keyin charchab, issiqqina uyga, uni tushunadigan, ardoqlaydigan, intiqib kutayotgan ayolning yoniga shoshiladi, xotirjam dam olgisi keladi. 35 yoshga to`lgan 41 % erkak mazali ovqat tayyorlaydigan ayolni taqdirning in`omi deb qabul qiladi. Bunday erkak ayolini oshxonaga qamab qo`yadi deb o`ylamang, u sizning ishdagi muvaffaqiyatlaringizdan xursand bo`ladi, qo`llab-quvvatlaydi. Axir nikoh bir-biriga tikilib o`tirish emas, balki birgalikda bir tomonga tikilish degan gapni unutmang. 35 % erkak bu yoshda ayoli bilan hamkorlikda kelajak rejalarini tuzadigan, maslahatlashadigan, hamfikr insonga aylanadi. 35 yoshli erkakni ayolning tashqi qiyofasidan ko`ra, ichki dunyosi, shaxs sifatida shakllangani ko`proq qiziqtiradi. 

55 yosh: barkamollik davri

O`rta yoshlik krizisini yolg`iz o`tkazishdan qo`rqqan 62 % erkaklar sevmasa ham yonida suyanchiq bo`ladigan ayol bo`lishini istaydi. Barkamol erkak jo`shqin hayotiy kuch-quvvatga ega bo`ladi, yangi his-tuyg`ularni qadrlaydi. Ayolning o`ziga xosligini, mustaqilligini to`g`ri qabul qiladi. 55 yoshli erkak yoshligida ayolning ehtirosini afzal ko`rgan bo`lsa, endi uni ilhomlantiradigan, yangi cho`qqilarni egallashga undaydigan ayolni qidiradi. U sizni qanday bo`lsangiz shundayligingizcha – yutug`ingiz, kamchiligingiz bilan birga sevadi. Barkamol erkak ojizligingizni ham, barcha muammolaringizni ham to`g`ri qabul qiladi. Qo`lidan kelgancha, sevgan ayoliga sharoit yaratib berishga harakat qiladi. Evaziga sizdan oqilalikni, mehr-muhabbatni kutadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!