Yaponiyalik olimlar begona joyda nima sababdan uyqu kelmasligini aniqlashdi

16:09, 25 aprel

Uzoq kutgan mehnat ta`tiliga chiqib, dam olishga bordingiz. Mehmonxonadagi sharoit har qancha maqtovga loyiq bo`lmasin, birinchi kuni o`zingizni noqulay his qilib, uyqungiz kelmaydi. Inson miyasi chap yarim shari o`ziga begona bo`lgan sharoitda uyquga ketishni istamasligi bunga sabab bo`lishi mumkin, deb xabar beradi “Vesti.ru” nashri.

“Odatda Yaponiyada yostig`ingizni almashtirsangiz, uyqungiz kelmaydi degan gap bor. Albatta, inson notanish joyda xotirjam uxlay olmaydi”, – deydi tadqiqot ishtirokchilaridan biri, Yuka Sasaki.  

Olimlar bu hodisaning sababini aniqlashga kirishdi. Sinovlarni o`tkazish jarayonida mutaxassislar inson uyquga ketgan vaqtda uning miya faolligini aniqlash maqsadida bir qancha usullardan foydalanishdi. Tadqiqotlar natijasida begona joyda ilk marotaba uxlayotgan inson miyasi chap yarim sharidagi neyronlar o`ng yarim shardagiga nisbatan faol bo`lgan.

Ikkinchi tunda miyaning har ikkala yarim sharida birinchi kundagi kabi farq sezilmadi. Shu tariqa tadqiqot “birinchi tun taassuroti” sust uyqu ostida miya chap yarim shari katta rol o`ynashini aniqlagan.

Ba`zi bir qushlar va dengiz sutemizuvchilarining miya yarim sharlari navbama-navbat uxlashi natijasida, ular uyqu davomida hushyor va ziyrak turishlari hammamizga yaxshi ma`lum. Tadqiqot muallifi Masako Tamaki ham inson miyasi aynan yuqorida nomlari keltirilgan jonzotlarning miyasi kabi uyqu davomida ogohlikni yo`qotmasligi mumkin deb hisobladi.  

Tez-tez xizmat safarlariga chiqadigan odamlar bu borada qanday yo`l tutishlari lozim degan savolga olimlar shunday javob berishdi: “Iloji boricha hayajonlanmaslikka, o`zingizni xotirjam tutishga harakat qiling. Agar ortiqcha hayajonlanadigan bo`lsangiz miya uyg`onadi. O`zingizni xotirjam his qilishingiz uchun uyingizdandan o`zingizga yoqqan biror buyumni oling. Bu buyumga qaraganda o`zingizni uydagiday his qilishga harakat qiling”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!