Barak Obama Londonda “Garri Potter” muallifi Joan Rouling bilan uchrashdi

16:12, 25 aprel

AQSh prezidenti Barak Obama Londonda “Garri Potter” asari muallifi Joan Rouling bilan birga kechki taom ustida suhbatlashdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Barak Obama va Joan Rouling Londondagi AQSh elchixonasida Uilyam Shekspir tavalludining 400 yilligi munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda uchrashdi. Nufuzli mehmonlar orasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron ham bor edi. 

AQSh prezidenti Shekspir tavalludi munosabati bilan o`tkazilgan boshqa tadbirlarda ham ishtirok etdi. U xususan, “Globus” teatri aktyor va rejissyorlari bilan ham uchrashdi.

Bundan avval Rouling Obama bilan 2011 yilda uchrashgan edi. O`shanda Barak Obama rafiqasi bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II bilan suhbatlashishga tashrif buyurgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!